Oʻzbekistonda maishiy gaz ballonlarini toʻldirish qoidalari aniqlashtirildi
Oʻzbekistonda maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida toʻldirish taqiqlangan. 2027-yil 5-fevraldan buning uchun maʼmuriy javobgarlik amal qila boshlaydi; ballonlarni ixtisoslashtirilgan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida toʻldirishga ruxsat beriladi.

Ballonlarni avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida toʻldirish taqiqi yongʻin xavfsizligi qoidalarida belgilangan. Shu bilan birga, aholi uchun ballonlarni toʻldirish cheklanmaydi: buni tegishli ruxsatnomalarga ega ixtisoslashtirilgan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida amalga oshirish mumkin.
Oʻzbekistonda 360 dan ortiq mustaqil gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari faoliyat yuritmoqda. Aholi uchun ballonlarni toʻldirishni yanada qulay qilish maqsadida amaldagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalari hududlarini xavfsizlik talablariga javob beradigan alohida postlar bilan jihozlash taklif qilindi.






