Oʻzbekistonda oʻzgaruvchan stavkali kreditlar va omonatlar paydo boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston Markaziy banki oʻzgaruvchan foiz stavkalariga ega kreditlar va omonatlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Ularning stavkasi moliya bozoridagi vaziyatga bogʻliq boʻladi.

Oʻzbekiston Markaziy banki oʻzgaruvchan foiz stavkalariga ega kreditlar va omonatlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Ularning stavkasi moliya bozoridagi vaziyatga bogʻliq boʻladi, deb xabar beradi UzDaily.
Yangi bank mahsulotlarini UZONIA indikatoriga bogʻlash rejalashtirilmoqda. U banklar qisqa muddatga bir-biriga qanday foiz stavkasida pul qarz berayotganini koʻrsatadi.
Agar bu koʻrsatkich pasaysa, kredit stavkasi ham kamayishi mumkin. U oshganida esa qarz oluvchilar, aksincha, koʻproq toʻlashiga toʻgʻri keladi. Xuddi shu tamoyilni omonatlarga nisbatan ham qoʻllash rejalashtirilmoqda.
Masalan, UZONIA 14% boʻlib, bank ustamasi 5 foiz bandini tashkil etsa, kredit yillik 19% stavkada beriladi. Agar indikator 12% gacha pasaysa, stavka 17% boʻladi.
Tashabbus 2027–2029 yillarga moʻljallangan pul-kredit siyosati loyihasiga kiritilgan. Yangi mahsulotlarni joriy etish muddatlari va ularning shartlari hozircha belgilanmagan. Banklar amaldagi shartnomalarni oʻzboshimchalik bilan oʻzgartira olmaydi.






