RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Lisa Su AMDni Nvidiaʼga raqib kompaniyaga qanday aylantirdi

Uning amakivachchasi Jensen Huang isteʼfoga chiqqach, aynan Su Nvidia rahbari lavozimiga nomzod sifatida tilga olinmoqda

13-noyabr, 13:35
businessinsider.com

Su 2012 yilda AMDʼga kelganidan keyin kompaniyaning kapitallashuvi $2 mlrd.dan kam darajadan payshanba holatiga koʻra $950 mlrd.dan oshdi. 2014 yilda u kompaniya prezidenti va bosh ijrochi direktori boʻldi.

Oʻsha paytda AMD asosan shaxsiy kompyuterlar uchun chiplar sotishdan daromad olardi, biroq bu bozor qisqarib borayotgan edi. Su bulutli xizmatlar, maʼlumotlar markazlari va oʻyin konsollari uchun yarimoʻtkazgichlarga, shuningdek, ayrim buyurtmachilar talablariga mos yarim maxsus yechimlarga eʼtibor qaratdi. Bu yondashuv kompaniyaga PlayStation 4 va Xbox One uchun chiplar ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar olishga yordam berdi.

Ryzen protsessorlari AMDʼning isteʼmol bozoridagi mavqeini, EPYC esa serverlar segmentidagi pozitsiyasini mustahkamladi. Ushbu yechimlardan bulutli xizmatlarga talabi yuqori boʻlgan kompaniyalar, jumladan Amazon, Microsoft va Google Cloud foydalanadi. 2018 yilda AMD maʼlumotlar markazlari uchun 7 nanometrli texnologik jarayon asosida ishlab chiqilgan dunyodagi ilk grafik protsessorlarni taqdim etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Su va Huang — amakivachcha: Suʼning ona tomondan bobosi Huangning onasining katta akasi boʻlgan. Ular bolaligida Tayvandan AQShga kelgan, biroq birga ulgʻaymagan va professional faoliyati davomida tanishgan.

Huangning Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqishi haqidagi xabardan soʻng, ayrim soha kuzatuvchilari Suʼni uning oʻrniga tashqi nomzod boʻlishi mumkin boʻlgan shaxs sifatida tilga oldi. Shu bilan birga, AMD Nvidia va Intel raqobatiga duch kelmoqda, AQShning Xitoyga chip yetkazib berishga doir cheklovlari esa oʻzgarishda davom etmoqda. 2025 yil aprelida AMD eksport qoidalarining kuchaytirilishi sababli tushum yoʻqotishlarini $800 mln deb baholagan edi, biroq iyulda cheklovlar bekor qilindi va kompaniya Xitoyga tegishli yetkazib berishlar qayta boshlanganini maʼlum qildi.