Mask har bir amerikalik bolaga SpaceXʼning ikki aksiyasini vaʼda qildi
Ilon Mask AQShdagi har bir bola SpaceXʼning ikki aksiyasini olishini aytdi: birini kompaniya, ikkinchisini esa u shaxsiy portfelidan beradi.

Tadbirkor bu haqda sunʼiy intellektni rivojlantirishdan tushadigan daromadlarni taqsimlash haqidagi muhokamalar fonida X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi. Oktabrda Mask har bir amerikalik bolaga oʻziga tegishli aksiyadan bittasini berishni vaʼda qilgan edi. Endi u bunga SpaceX ajratadigan yana bir aksiyani qoʻshdi.
SpaceX kompaniyasi 18 yoshdan kichik amerikaliklar uchun moʻljallangan Trump Accounts dasturi ishtirokchilari dekabrdayoq bittadan aksiya olishini maʼlum qildi. Oq uy maʼlumotlariga koʻra, oktabrga qadar dastur doirasida qariyb 70 million hisob ochilgan.
Mask oʻz aksiyasini faqat uni sotish va boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan cheklovlar tugaganidan keyingina bera oladi. Bu muddat 2027 yil iyunida tugaydi. Vaʼda qilingan sovgʻaning umumiy qiymati qariyb 18 milliard dollarga baholanmoqda.






