RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Janubiy Koreya banki stavkani ikki yil ichidagi eng yuqori darajaga koʻtardi

Koreya banki yilning soʻnggi yigʻilishida bazaviy stavkani 25 bazaviy punktga oshirib, 3,25 foizga yetkazdi. Regulyator inflyatsiya uzoq vaqt davomida 2 foizlik maqsaddan yuqori boʻlib qolishini kutmoqda, deb yozadi CNBC.

26-noyabr, 15:00
cnbc.com

Qaror iqtisodchilar kutganidek boʻldi. Oktabrda Janubiy Koreyada inflyatsiya 2,8 foizni tashkil etdi. Markaziy bank inflyatsiyaning maqsadli darajadan yuqori saqlanib qolishini yuqori xarajatlarning narxlarga oʻtkazilishi va iqtisodiyotning tezlashishi fonida talabning asta-sekin kuchayishi bilan izohladi.

Koreya banki 2026 yil uchun YaIM oʻsishi prognozini 3,3 foizdan 3,9 foizgacha, 2027 yil uchun esa 2,9 foizdan 4,1 foizgacha oshirdi. Uchinchi chorakda iqtisodiyot yillik hisobda 3,4 foizga oʻsib, kutilganidan yuqori natija qayd etdi.

Capital Economics katta iqtisodchisi Gareth Leatherning baholashicha, siyosatni qatʼiylashtirish sikli yakuniga yaqinlashayotgan boʻlishi mumkin. Regulyator besh oy ichida stavkani 75 bazaviy punktga oshirdi. Leather vonning mustahkamlanishi va iqtisodiyotning kuchli oʻsishi inflyatsiya xatarlarini kamaytirishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, moliyaviy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun Koreya banki stavkani yana oshirishdan koʻra makroprudensial choralarni afzal koʻrishi ehtimol. Qarordan soʻng Kospi indeksi 1,88 foizga koʻtarildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media