«Grammy-2027»da qaysi aydollar nominatsiya oldi
Mukofot tarixida ilk bor Best Asian Pop Music Performance («Osiyo pop musiqasining eng yaxshi ijrosi») nominatsiyasi joriy etildi. Unda oltita kompozitsiya taqdim etilgan.

6-noyabr kuni Recording Academy «Grammy»ning 69-marosimi nominantlarini eʼlon qildi.
Roʻyxatdan BABYMETAL va Polyphia ijrosidagi «SUNSET KISS», BINI ijrosidagi «UNANG KILIG», IVE ijrosidagi «BANG BANG», KiiiKiii ijrosidagi «404 (NEW ERA)», LiSA ijrosidagi «YES» hamda SB19 ijrosidagi «VISA» oʻrin oldi.
BLACKPINK guruhidan Jennie alohida eʼtiborga loyiq: u avstraliyalik Tame Impala musiqiy loyihasi bilan birga «Dracula» qoʻshigʻi uchun Record of the Year va Best Pop Duo/Group Performance nominatsiyalarida ikki nominatsiya oldi.
Yangi Osiyo kategoriyasi nominantlari orasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippindan boʻlgan ijodkorlar bor.
«Grammy»ning 69-mukofotini topshirish marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Marosim ABC, Disney+ va Hulu telekanallari hamda platformalarida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi.






