Robert Dauni-kichik yangi «Qasoskorlar» filmining bosh yovuz qahramoni boʻladi
Marvelʼning Multikoinot dostonini yakunlashi kerak boʻlgan yangi yirik loyihasi — «Qasoskorlar: Doktor Dum» filmining treyleri chiqdi. Robert Dauni-kichik franshizaga qaytadi, biroq bu safar Temir odam qiyofasida emas, bosh antagonist rolida namoyon boʻladi.

Syujetga koʻra, uch xil koinot qahramonlari butun boshli olamlarni yoʻq qila oladigan tahdidga qarshi toʻqnash keladi. Filmda Marvelʼning asosiy kinokoinotidagi, «Fantastik toʻrtlik» va «X-Men» fransizalaridagi qahramonlarning qaytishi kutilmoqda.
Aktyorlar tarkibiga Florens Pyu, Devid Harbor, Sebastyan Stan, Lyuis Pullman va boshqa yulduzlar kiritilgan. Biroq mashhur aktyorlarning bir qatori, jumladan Benedikt Kamberbetch, Tom Holland va Hyu Jekmanning ishtiroki hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Dastlab «Qasoskorlar»ning beshinchi qismi «Kanglar sulolasi» deb atalishi kerak edi, biroq Marvel rejalarini oʻzgartirib, Doktor Dumni bosh yovuz qahramonga aylantirdi.
Filmning jahon premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan. Franshizaning navbatdagi qismi — «Qasoskorlar: Maxfiy urushlar» — 2027-yil 17-dekabrda chiqishi kerak.






