EASA Yaqin Sharq mamlakatlari havo hududidan foydalanmaslik haqidagi tavsiyasini uzaytirdi
Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) besh mamlakat ustidan parvozlar xavfli ekani haqidagi ogohlantirishni 2027-yil 31-yanvargacha uzaytirdi va ikki qoʻltiq ustidagi havo hududidan foydalanmaslikni tavsiya qildi.

Tavsiyalar Iordaniya, Iroq, Eron, Livan va Saudiya Arabistoni havo hududlariga taalluqli. Shuningdek, aviakompaniyalarga Fors va Ummon qoʻltiqlari ustidagi havo hududidan foydalanmaslik tavsiya etildi.
Agentlik xavflarni Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat, jumladan, Eron va AQSh oʻrtasidagi mojaro, Isroil va Livan oʻrtasidagi tarang munosabatlar, shuningdek, Yamandagi hutiylar bilan Ar-Riyod boshchiligidagi arab koalitsiyasi oʻrtasidagi mojaro bilan bogʻlamoqda. Koalitsiya Yaman hukumat qoʻshinlariga harbiy yordam koʻrsatmoqda.






