RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Finlyandiya Ukraina tiklanishiga YI mablagʻlaridan €37,3 mln yoʻnaltiradi

Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi davlat moliya kompaniyasi Finnvera bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan SISU dasturi doirasida Ukraina tiklanishini qoʻllab-quvvatlash uchun Yevropa Ittifoqi mablagʻlaridan €37,3 mln yoʻnaltiradi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

13-noyabr, 20:33

Dastur mudofaa, xavfsizlik va ikki maqsadli texnologiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi Ukraina kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Moliyalashtirish korxonalarning rivojlanishi, investitsiyalar jalb qilishi va xalqaro bozorlarga chiqishiga yordam beradi.

Yordam nafaqat bevosita, balki kreditlar va investitsiya kafolatlari orqali ham taqdim etiladi. Bu investitsiyalar uchun xatarlarni kamaytirish va mamlakatni tiklash jarayonida xususiy biznes ishtirokini kengaytirish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media