Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Korea Eximbank Oʻzbekistonda foydali qazilmalarni qazib olish, ularni qayta ishlash va keyinchalik eksport qilishga koreyalik kompaniyalarni jalb etishni taklif qildi.
25-noyabr, 10:42

gov.uz
Uchrashuvda Korea Eximbank Taʼminot zanjirlari barqarorligi jamgʻarmasi departamenti direktori Cho In Gyu bank faoliyati va uning asosiy yoʻnalishlari haqida soʻzlab berdi. Moliyaviy tashkilot vakillari, shuningdek, xorijdagi loyihalar, jumladan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.
Vazirlik vakillari xomashyoni qayta ishlash va ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish sohasida Koreya bilan qoʻshma loyihalarning muhimligini taʼkidladi.






