RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

GTA 6 bir sutkada Twitch va Kick tarixidagi eng mashhur oʻyinga aylandi

Dastlabki 24 soatda GTA 6 125,47 mln soat tomosha qilindi, bir vaqtdagi auditoriya choʻqqisi 7,91 mln tomoshabinga yetib, Twitch va Kick rekordlarini yangiladi.

20-noyabr, 16:39
ign.com

Oʻyin kuzatilgan barcha striming platformalarida 125,47 mln soat tomosha qilindi. Bu hajmning 76,8 foizi Twitch va YouTube hissasiga toʻgʻri kelgan, yana 22,1 foizini Kick taʼminlagan. Mintaqaviy CHZZK va SOOP platformalari mos ravishda 667 ming va 661 ming soat qoʻshgan.

GTA 6 auditoriyasining eng yuqori koʻrsatkichi Valorantning avvalgi 1,74 mln tomoshabinlik rekordidan 4,5 baravardan koʻproqqa oshdi. Reytinglarni hisoblashda bir muallifning turli platformalardagi bir vaqtdagi translyatsiyalari ham inobatga olindi.

Dastlabki sutkada eng koʻp tomosha qilingan strimer Darren «IShowSpeed» Uotkins-kichik boʻldi: uning YouTube va Twitchʼdagi efirlari 4,47 mln soat tomosha qilindi. Ikkinchi oʻrinni 3,89 mln soat bilan TheBurntPeanut, uchinchi oʻrinni esa Twitchʼda 3,11 mln soat toʻplagan Alan «alanzoka» Ferreyra egalladi.

Alohida translyatsiyalar orasida eng yuqori bir vaqtdagi auditoriyani Xuan «IlloJuan» Garsiya qayd etdi — 562 ming tomoshabin. Tomosha vaqti boʻyicha kuchli oʻntalikka ispan tilida soʻzlashuvchi Rubius, IlloJuan va DjMaRiiO ham kirdi. Feliks «xQc» Lengel esa Twitch va Kickʼda 1,70 mln soat tomosha yigʻdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media