RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Toshkentda Amerika standartlari asosida elektrotexnika uskunalari zavodi quriladi

Toshkentda qiymati 42 mln dollar boʻlgan INNOVATION TECHNOLOGIES zavodi loyihasi amalga oshirilmoqda: birinchi bosqichni 2027 yil oxirida ishga tushirish va 650 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

25-noyabr, 14:53

Loyiha ustidagi ishlar Toshkent xalqaro investitsiya forumidan soʻng, iyun oyida boshlangan. Hozir loyiha faol bosqichda, uskunalar esa allaqachon shaharga yetkazilgan.

Birinchi bosqichga 42 mln dollar, jumladan, 29,4 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Korxonada 180 dan ortiq turdagi mahsulot, jumladan, transformatorlar, generatorlar, elektr dvigatellari, nasoslar, podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ishlab chiqarish moʻljallangan.

Ishlab chiqarish lazerli kesish, robotlashtirilgan payvandlash uskunalari va raqamli dasturiy boshqaruvga ega stanoklar bilan jihozlanadi. Shuningdek, sinov laboratoriyasi ham nazarda tutilgan. Mutaxassislar Amerika standartlari asosida oʻqitiladi, mahsulotlarni esa ANSI/IEEE talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Birinchi bosqichda mahsulotlar Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga yoʻnaltiriladi. Kelgusida loyiha AQSh bozoriga chiqishni ham nazarda tutadi. Misdan tayyorlanadigan yuqori texnologiyali mahsulotlar va maʼlumotlar markazlari uchun uskunalar ishlab chiqarish masalasi ham alohida koʻrib chiqilmoqda. Birinchi bosqichni ishga tushirish 2027 yil oxiriga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media