RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Kruiz laynerining qariyb 200 yoʻlovchisi kutilmaganda Kambodjada tushirib qoldirildi

Amerikaning Villa Vie Residences kompaniyasi yoqilgʻi xarajatlarining keskin oshgani va mablagʻ yetishmayotganini aytib, faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi.

28-oktabr, 17:18
Alonso Reyes, Unsplash

Osiyoning ayrim hududlarida bitta kayutaga toʻgʻri keladigan oylik yoqilgʻi xarajatlari 1 800 dollardan 6 000–8 000 dollargacha oshdi.

Yaqin 60 kun davomida operator restrukturizatsiya va qoʻshimcha kapital bilan taʼminlash bilan shugʻullanadi. Kompaniya bu ishlarning natijasini hozircha oldindan aytib boʻlmasligini maʼlum qildi.

Sianukvilda rejalashtirilgan toʻxtash vaqtida yoʻlovchilarga kemadan tushish uchun qariyb yetti soat berilgan, deb maʼlum qildi Preah Sihanuk provinsiyasi gubernatorining oʻrinbosari Long Dimanch. Kema Tailanddan kelgan va yoʻlini Vyetnamga davom ettirishi kerak edi; yoʻlovchilarning bir qismi samolyotda uchib ketgan, qolganlari esa shaharda qolgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media