RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Mayk Mayers Ostin Pauers haqidagi toʻrtinchi film ustida ishlamoqda

Aktyor Mayk Mayers «Ostin Pauers» komedik franshizasining toʻrtinchi qismi ssenariysini yozayotganini tasdiqladi. Shuningdek, u Shrekning Eshak haqidagi alohida multfilmda paydo boʻlishi mumkinligini ham taxmin qildi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter.

13-noyabr, 18:07
hollywoodreporter.com

Mayersning soʻzlariga koʻra, yangi «Ostin Pauers» ustidagi ishlar allaqachon davom etmoqda, biroq u syujet tafsilotlarini oshkor qilmadi. Britaniyalik superagent haqidagi parodiya turkumining avvalgi qismi 2002 yilda chiqqan. Davomiy filmning chiqish muddati hozircha nomaʼlum.

Aktyor «Shrek» olamini rivojlantirish rejalari haqida ham gapirdi. 2027 yilda u franshizaning beshinchi multfilmida yashil ogrega yana ovoz beradi.

2028 yil 30 iyunga Shrekning gapdon hamrohi qanday paydo boʻlgani haqidagi alohida hikoya — «Eshak» multfilmining premyerasi rejalashtirilgan. Eddi Merfi qahramonga yana ovoz beradi.

Mayers hozircha yangi multfilmda Shrek paydo boʻladimi-yoʻqmi, bilmasligini tan oldi, biroq loyihani anchadan beri yetilib kelgan loyiha deb atadi. Aktyorning oʻzi franshiza ustidagi ishlarni beshinchi qismdan keyin ham davom ettirishni xohlardi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media