RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Vulcan raketasi Amazon Leoʻning 40 ta sunʼiy yoʻldoshini orbitaga olib chiqa olmadi

ULA Vulcan Centaur uchirilganidan 10 daqiqa oʻtib nosozlik yuz berganini maʼlum qildi.

16-noyabr, 18:28
arstechnica.com

Uchirish 15 noyabr kuni Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan 41-start majmuasidan amalga oshirildi. ULA hozircha hodisa sababiga oid maʼlumotlarga ega emasligini bildirdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qattiq yoqilgʻili kuchaytirgichlar odatdagidek ishlagan, muammo esa parvozning boshqa bosqichida yuzaga kelgan.

Bu uchirish dastur toʻxtatilganidan keyin Vulcan Centaurʼning parvozlarga qaytishi boʻlishi kerak edi. Atlas V oʻrnini egallagan raketada avval qattiq yoqilgʻili kuchaytirgichlar soplolari bilan bogʻliq nosozliklar yuz bergan. Shunga qaramay, oʻsha paytda foydali yukni belgilangan orbitalarga yetkazishning iloji boʻlgan.

Vulcan uchirishlari tez-tez yuz bergan nosozliklar AQSh Kosmik kuchlarida xavotir uygʻotganidan keyin toʻxtatib qoʻyildi. ULA ehtimoliy nosozlik sabablarini bartaraf etish uchun soplo konstruksiyasi va ishlab chiqarish jarayonlariga oʻzgartirish kiritganini maʼlum qilgan.

Yoʻqotilgan apparatlar SpaceXʼning Starlink tizimiga raqobatchi boʻlishi kutilayotgan Amazon Leo guruhiga moʻljallangan edi. Amazon jami 3200 ta sunʼiy yoʻldoshni orbitaga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bungacha kompaniya Atlas V, SpaceX Falcon 9 va Arianespace Ariane 6 raketalari yordamida kosmosga qariyb 400 ta apparat yuborgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media