RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

G7 mamlakatlari aholisi optimizmi 2009-yilgi inqiroz darajasigacha pasaydi

G7 mamlakatlarida oʻtkazilgan soʻrovda mintaqasi iqtisodiyoti yaxshilanayotganini aytgan respondentlar ulushining median koʻrsatkichi 2026-yilda atigi 22 foizni tashkil etdi. Bu haqda Gallup tadqiqotida aytiladi.

19-noyabr, 01:59

Bu koʻrsatkich deyarli 2009-yildagi global moliyaviy inqiroz davridagi darajaga teng. 2025-yil bilan taqqoslaganda, optimizm darajasi 13 foiz bandiga pasaydi. Shu bilan birga, mahalliy iqtisodiyot yomonlashayotganini aytganlar ulushi 66 foizga yetdi — bu optimistlar sonidan uch baravar koʻp.

Ijobiy baholarning pasayishi G7ning yetti mamlakatining barchasida qayd etildi. Ularning hech birida optimistik kayfiyatdagi respondentlar ulushi uchdan biridan oshmadi. Fransiyada bu koʻrsatkich 14 foizni, AQShda esa 29 foizni tashkil etdi. Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniyada ham nihoyatda past koʻrsatkichlar qayd etildi. Yaponiya va Italiyada optimizm yuqoriroq boʻlib, mos ravishda 33 va 32 foizni tashkil etdi, biroq bu mamlakatlarda ham ijobiy dinamika kuzatilmadi.

Aholi kayfiyati iqtisodiy statistika bilan mos kelmayapti: G7 mamlakatlarining real yalpi ichki mahsuloti moʻtadil surʼatlarda boʻlsa-da, oʻsishda davom etmoqda. Shu bilan birga, inflyatsiya keskin oshganidan keyin xarid qobiliyatining tiklanishi sekin kechmoqda. Bu iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan aholining vaziyatni qanday qabul qilayotgani oʻrtasidagi tafovutni izohlashi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media