GTA 6 ning ilk missiyasi 15 daqiqalik geympley videosida namoyish etildi
IGN España Grand Theft Auto VI oʻyin jarayonining qariyb 15 daqiqalik yozuvini eʼlon qildi. Videoda oʻyinning kirish qismidan keyingi ilk toʻlaqonli missiya koʻrsatilgan. Epizodning bosh qahramonlari — Jeyson va uning doʻstlari Kel hamda Donni.

Voqealar Florida-Kis orollari namunasida yaratilgan xayoliy arxipelagdagi Ki-Lento oroli yaqinida kechadi. Muhim syujet tafsilotlari va kutilmagan burilishlarni oshkor qilmaslik uchun ishlab chiquvchilar prologni videoga kiritmagan.
Rolikda qayiqda sayohat qilish, quruqlik boʻylab harakatlanish va parvozlarni koʻrish mumkin. Oʻyin jarayonida yashirincha oʻtish ochiq otishmalar bilan uygʻunlashadi. Ayniqsa, suv muhitining realizmi eʼtiborni tortadi, qahramonlar dialoglarida esa Rockstar Gamesʼga xos yumor saqlanib qolgan.
Rolik dastlab oʻyinning Yangi Zelandiyada ishga tushirilishi fonida eʼlon qilingan. Vaqt farqi tufayli mahalliy oʻyinchilar GTA 6 ga boshqalardan oldinroq kirish imkoniga ega boʻlishgan. Boshqa hududlarda oʻyinning PlayStation 5 va Xbox Series X|S uchun relizi 2026-yil 19-noyabrga belgilangan.






