Yaqin yillarda eng koʻp kutilayotgan 6 ta fantastik film: «Dune 3»dan «Qasoskorlar: Qiyomat kuni»gacha
Gollivud Rayan Gosling, Timoti Shalame va Robert Dauni-Kichik ishtirokidagi yirik fantastik premyeralarni tayyorlamoqda.

Yaqin yillarda tomoshabinlarni Kianu Rivz, Rayan Gosling va Timoti Shalame ishtirokidagi yirik fantastik premyeralar kutmoqda. Eng koʻp kutilayotgan loyihalar qatoridan mashhur franshizalarning davomi va original filmlar oʻrin olgan.
6. «Titroq» (Shiver)
Kianu Rivz akulalar bilan toʻlib-toshgan Karib dengizi oʻrtasida vaqt halqasiga tushib qolgan kontrabandachini oʻynaydi. Fantastik trillerga Tim Miller («Dedpul») rejissyor boʻladi.
5. «Godzilla va Kong: Supernova» (Godzilla x Kong: Supernova)
MonsterVerseʼning yangi qismida ulkan maxluqlarning asosiy raqibi sifatida Kosmik Godzilla namoyon boʻlishi mumkin. Rejissyor Grant Sputore boʻladi.
4. «Yulduzlar jangi: Qiruvchi» (Star Wars: Starfighter)
Rayan Gosling yosh jedayni oʻz qaramogʻiga oladigan uchuvchini gavdalantiradi. Shon Levining filmida Mia Got, Emi Adams va Mett Smit ham ishtirok etadi. Voqealar «Yulduzlar jangi: Skayuokerning yuksalishi» filmidan besh yil oʻtib kechadi.
3. «Rey Gunn» (Ray Gunn)
«Superoila» filmi rejissyori Bred Berd oʻzga sayyoraliklar ishtirokidagi ishni tergov qilayotgan xususiy detektiv haqidagi animatsion fantastik noirni taqdim etadi. Bosh qahramonlarga Sem Rokvell va Skarlett Yohansson ovoz beradi.
2. «Dune 3» (Dune: Part Three)
Deni Vilnyov Frenk Gerbert asarlarining ekranlashtirilishini davom ettiradi. Timoti Shalame Pol Atreydes roliga qaytadi, Jeyson Momoa esa Hayt rolini ijro etadi. Aktyorlar tarkibidagi yangi ishtirokchilar orasida Robert Pattinson ham bor.
1. «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» (Avengers: Doomsday)
Russo aka-ukalari Marvelʼning yirik krossoverida Qasoskorlar, Fantastik toʻrtlik va X-Men jamoalarini birlashtiradi. Robert Dauni-Kichik yana ekranlarga qaytadi, biroq bu safar bosh yovuz qahramon Viktor fon Dum rolida namoyon boʻladi.






