Bosh qahramonning yangi qarindoshlari aks etgan “Cheburashka 3” filmining ilk treyleri chiqdi
Oilaviy komediyaning uchinchi qismida quloqdor qahramon ota-onasi, bobosi va katta akasi bilan uchrashadi. Davomi 2027 yil boshida chiqadi.

“Cheburashka 3” filmi ijodkorlari kartinaning ilk toʻliq treylerini taqdim etdi. Bu safar bosh qahramonning odatdagi hayoti u Gena bilan yashaydigan sohilboʻyi shaharga qarindoshlari kutilmaganda kelganidan soʻng oʻzgaradi.
Cheburashka ota-onasi, bobosi va katta akasini insonlar dunyosi bilan tanishtirishi hamda ularning yangi sharoitga moslashishiga yordam berishi kerak. Katta oila bilan uchrashuv qahramonlarga nafaqat quvnoq sarguzashtlar, balki murakkab vaziyatlarni ham olib keladi.
Oʻzgarishlar Genaga ham taʼsir qiladi. Cheburashkaning qarindoshlari paydo boʻlishi uni Rimma bilan munosabatlariga yangicha nazar tashlashga majbur qiladi.






