Robert Pattinsonga millionlab dollarlik ipoteka rasmiylashtirilgani aniqlandi
Aktyor Robert Pattinson 2022 yilda qiymati 5,3 mln dollar boʻlgan uy uchun 3 mln dollarlik kredit rasmiylashtirgan. U ipotekani 2052 yilgacha toʻlashi kerak.
21-noyabr, 17:11

finance.mail.ru
Aktyor Robert Pattinson Hollywood Hillsdagi oʻz uyi uchun ipoteka olgan. Toʻlovlar tugaydigan paytda u 66 yoshga kiradi.
Hozir Pattinson, uning unashtirilgani Suki Waterhouse va qizi Beverly Hillsda ijaraga olingan hashamatli uyda yashaydi. Aktyorning ish jadvali sabab oila avvalroq Nyu-York, Nyu-Orlean va Gʻarbiy Londonda ham uy ijaraga olgan.
Hashamatli uy ispan mustamlakachilik uygʻonishi uslubida qurilgan. Avval unga musiqachi Beck va «Gossip Girl» seriali yaratuvchisi egalik qilgan; hududni begona kishilardan tirik devor va darvozalar himoya qiladi.






