Oʻzbekistonda issiqxona uskunalarini sertifikatlash 1 mln soʻmdan oshmaydi
Oʻzbekistonda issiqxona qozonlarini sertifikatlash qiymati cheklanadi — u 1 mln soʻmdan oshmaydi. Bu qaror uskunalarni tekshirtirish xarajatlari keskin oshganidan shikoyat qilgan tadbirkorlarning murojaatlaridan soʻng qabul qilindi.

Ekologik ekspertiza markazi Ekologik sertifikatlashtirish boshqarmasi bilan issiqxona qozonlariga sertifikat berish qiymatini cheklash boʻyicha kelishib oldi. Bu summaga uskunani laboratoriyada tekshirish ishlari ham kiritilgan.
Avval issiqxona egalari qozonlarni tekshirtirish uchun ulardan ilgari undirilgan 9 mln soʻm oʻrniga qariyb 38 mln soʻm talab qilinganini bildirgan edi.
Bunda uskunalarni sertifikatlash ekologik ekspertiza qiymatiga kirmaydigan alohida xizmat hisoblanadi. Uning tariflarini hukumat may oyida tasdiqlagan. Atrof-muhitga taʼsirining uchinchi toifasiga kiruvchi issiqxonalar uchun bunday ekspertiza qiymati 2,86 mln soʻmni tashkil etadi.
Bu summaga laboratoriya tekshiruvlari, oʻlchovlar va qozonlarni sertifikatlash ham kirmaydi. Shunday qilib, yangi cheklov issiqxona xoʻjaliklari egalari zimmasidagi moliyaviy yukni kamaytirishi kerak.






