RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Jensen Huangning boyligi bir kechada 32 mlrd dollardan koʻproqqa oshdi

Nvidia bosh direktori lavozimiga qayta tiklangan Jensen Huangning boyligi 32 mlrd dollardan koʻproqqa oshib, 144,4 mlrd dollarga yetdi, deb xabar bermoqda Forbes.

24-noyabr, 17:32

Nvidia direktorlar kengashi Huangni kompaniya prezidenti va bosh direktori lavozimlariga, shuningdek, direktorlar kengashi tarkibiga bir ovozdan qaytardi. Qaror darhol kuchga kirdi.

Uning lavozimiga qayta tiklangani fonida Nvidia aksiyalari 30 foizga oshdi. Huang dunyoning eng boy odamlari reytingida 13-oʻringa koʻtarildi.

Bungacha u rahbarlik lavozimlarini tark etib, direktorlar kengashidan ham chiqqan edi. Huang lavozimiga 11 kundan keyin qaytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media