Oʻzbekistonlik uch futbolchi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga daʼvogarlik qilmoqda
Asian Golden Player mukofotiga daʼvogar 30 nafar futbolchi roʻyxati eʼlon qilindi. Mukofotni Xitoyning Titan Sports nashri topshiradi.
26-noyabr, 00:03

sport.kg
Roʻyxatga Abduqodir Husanov («Man Siti»), Abbosbek Fayzullayev («Bashakshehir») va Eldor Shomurodov («Bashakshehir») kirdi. Daʼvogarlar orasida Toshkentning «Paxtakor» klubi iroqlik hujumchisi Ayman Hussayn ham bor.
Roʻyxatda eng koʻp vakil Yaponiyadan — olti nafar. Janubiy Koreyadan toʻrt futbolchi, Oʻzbekistondan esa uch futbolchi bor. Mukofot 2013-yildan beri topshirib kelinadi, biroq oʻzbekistonlik futbolchilar hozircha unga ega chiqmagan. Uni AFC mukofoti bilan adashtirmaslik kerak.






