RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Qozogʻiston Ozarbayjon orqali Yevropaga «yashil» elektr energiyasini eksport qilishni rejalashtirmoqda

Qozogʻiston Kaspiy dengizi tubidan yotqizilishi rejalashtirilayotgan kabel orqali Ozarbayjon orqali Yevropaga «yashil» elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Interfax.

27-noyabr, 13:49
Varistor60 / Wikimedia Commons

Qozogʻistonning Ozarbayjondagi elchisi Alim Bayelning maʼlum qilishicha, loyihaga Oʻzbekiston va Ozarbayjon ham qoʻshilgan. Uning soʻzlariga koʻra, chuqur suv osti kabeli ustidagi ishlar allaqachon boshlangan. Kabel Markaziy Osiyodan Ozarbayjon orqali Yevropaga elektr energiyasi uzatishi va Kaspiy hamda Qora dengizlar orqali oʻtadigan energetika koʻprigining bir qismiga aylanishi kerak.

Avvalroq Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbazov «Markaziy Osiyo — Ozarbayjon» «yashil» energiya koridorini 2032 yilda ishga tushirish rejalashtirilayotganini aytgan edi. Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjon bunday energiyani rivojlantirish va uzatish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni 2024 yil 13 noyabrda imzolagan.

Loyihani amalga oshirish uchun uch davlat energetika tizimlari operatorlari Green Corridor Alliance qoʻshma korxonasini tuzdi. Uning tarkibiga «Azerenerji», Qozogʻistonning KEGOC kompaniyasi va «Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ kirdi. Bayel, shuningdek, Qozogʻiston ichki ehtiyojlarni taʼminlash va eksport qilish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirmoqchi ekanini, elektr stansiyalari qurilishi esa milliardlab dollar miqdorida investitsiyalarni talab qilishini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media