RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Shaxmat toji uchun matchda Sindarov va Gukesh yana gʻolibni aniqlay olishmadi

Javohir Sindarov va jahon chempioni Dommaraju Gukesh shaxmat toji uchun matchning uchinchi partiyasini durang bilan yakunladi. 60 yurishdan soʻng hisob 1,5:1,5 boʻldi.

27-noyabr, 14:12

Jenevada oʻtkazilgan partiya qariyb besh soat davom etdi. Gukesh qora donalarda oʻynadi va debyutdayoq tashabbusni qoʻlga olib, tayyorgarligi evaziga Sindarovning yurishlariga tezkor javob qaytardi. 15 yurishdan soʻng hindistonlik shaxmatchi ikki daqiqadan sal koʻproq vaqt sarflagan boʻlsa, oʻzbekistonlik grossmeyster ancha koʻproq vaqt ishlatdi.

Birinchi vaqt nazoratidan oldin Sindarov jiddiy bosim ostida qoldi. 39-yurishga kelib, uning zaxirasida atigi sakkiz soniya qolgan edi, biroq u Bb4 yurishini topishga ulgurib, bevosita tahdiddan qutuldi. Qoʻshimcha vaqt berilgach, oʻzbekistonlik shaxmatchi pozitsiyani barqarorlashtirdi va raqibining hujum imkoniyatlarini chekladi.

Ruhlar almashilganidan keyin taxtada turli rangdagi fillar qoldi, bu esa gʻalaba imkoniyatlarini kamaytirdi. Gukesh ustunlikni kuchaytirish yoʻllarini izlashda davom etdi, ammo Sindarov muvozanatni saqlab qoldi va qirol yurishlari takrorlanganidan soʻng raqiblar durangga kelishdi.

Keyingi partiya 28 noyabrda boʻlib oʻtadi. Unda Gukesh oq donalarda oʻynaydi. Match 14 ta partiyaga moʻljallangan; agar asosiy bosqichdan keyin hisob teng boʻlib qolsa, chempion tay-breykda aniqlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media