Oʻzbekiston Italiyaga yutqazdi, ammo yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati pley-offiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
Oʻzbekiston terma jamoasi Italiyaga 1:3 hisobida magʻlub boʻlib, E guruhida uchinchi oʻrinni egalladi. Jamoa hali ham pley-offga chiqishi mumkin — yakuniy natija qolgan uchrashuvlarga bogʻliq.

Italiya E guruhidagi uchala uchrashuvda ham gʻalaba qozonib, toʻqqiz ochko jamgʻardi va birinchi oʻrinni oʻziga kafolatladi. Jamoa 11 ta gol urib, ikkita gol oʻtkazib yubordi.
Oʻzbekiston guruh bosqichini uch ochko bilan yakunladi: bir gʻalaba va ikki magʻlubiyat. Terma jamoaning toʻplar nisbati +1 ni tashkil etdi — sakkizta urilgan va yettita oʻtkazib yuborilgan gol.
Keyingi bosqichga ikkinchi yoʻllanmani olti ochko jamgʻargan Kot-dʼIvuar qoʻlga kiritdi. Yakuniy uchrashuvda jamoa Yamaykani 3:1 hisobida magʻlub etdi. Oʻzbekistonning taqdiri guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlar yakunlanganidan soʻng aniqlanadi.






