RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Shuhrat qaytmadi: «Kliff Butning sarguzashtlari» filmida Di Kaprio qahramonining taqdiri ochib berildi

«Bir vaqtlar… Gollivudda» filmining davomi voqealarida Rik Dalton avvalgi shuhratiga qaytmagani va Sidneyga ishlash uchun ketgani maʼlum boʻldi.

27-noyabr, 21:36
championat.com

Asl film finalida Rik Dalton rejissyor Roman Polanskiga mehmonga taklif qilinadi. Bu uning karyerasida yangi bosqich boshlanishiga ishora qilgandi, biroq «Kliff Butning sarguzashtlari» filmida qahramon avvalgi mashhurligiga qaytmagani aytiladi.

Kliffning aytishicha, Rik yana chet elga ketgan va Sidneyda Avstraliyaning Dingo Dan shousiga yuz boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, Dalton «haddan tashqari semirib ketgan», shu sababli Kliff endi uning dublyori boʻla olmagan.

«Kliff Butning sarguzashtlari» filmining premyerasi 25 noyabrda boʻlib oʻtdi.

Film 1977 yilda Gollivud studiyalari uchun kaskadyor boʻlib ishlaydigan va ularning sahna ortidagi muammolarini, jumladan, noqonuniy yoʻllar bilan hal qiladigan Kliff haqida hikoya qiladi. Rotten Tomatoes saytida film 80 foiz «fresh» bahosini oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media