“Qasoskorlar: Qiyomat kuni”ning final treyleri rekord oʻrnatdi
“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” final treyleri ilk sutkada 563 mln marta koʻrildi va Disneyʼning eng yuqori natijali reklama roligiga aylandi.
27-noyabr, 22:16

kinonews.ru
Avvalgi rekord shu filmning ilk tizeriga tegishli edi: u 24 soat ichida 503 mln marta koʻrilgan.
Marvel treylerlari orasida yetakchilik hamon “Oʻrgimchak odam 4: Yangi kun” roligiga tegishli — u ilk sutkada 718,6 mln marta koʻrilgan. Shu bilan birga, “Qiyomat kuni”ning final treyleri “Yangi kun”ning yakuniy roligidan ancha koʻproq tomosha toʻpladi.
Odatda final treylerlar dastlabki yirik promomateriallardan kamroq natija koʻrsatadi. Ammo “Qasoskorlar” filmida soʻnggi rolik avvalgi tizerdan muvaffaqiyatliroq boʻldi. Filmning kinoteatrlardagi premyerasi 2026 yil 18 dekabrga rejalashtirilgan.






