2027-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchun qurʼa tashlandi
UEFA 2027-yilgi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati final bosqichi guruhlari tarkibini eʼlon qildi. Turnir Albaniya va Serbiyada oʻtkaziladi.

A guruhidan turnir mezboni Serbiya, Polsha, Angliya va Fransiya joy oldi. Angliya turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi.
B guruhini Albaniya, Ispaniya, Italiya va Finlyandiya tashkil etdi. C guruhiga Chexiya, Portugaliya, Gretsiya va Xorvatiya, D guruhiga esa Norvegiya, Belgiya, Germaniya va Niderlandiya kirdi.
Chorak finalda A guruhi gʻolibi C guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa bilan, C guruhi gʻolibi esa A guruhidagi ikkinchi jamoa bilan oʻynaydi. Xuddi shuningdek, B va D guruhlari gʻoliblari mos ravishda D va B guruhlarida ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar bilan uchrashadi. Yarim finalda dastlabki ikki chorak final gʻoliblari oʻzaro, qolgan ikki juftlik gʻoliblari ham bir-biri bilan oʻynaydi.






